Yosh iqtidorli qizlar “Raqamli avlod” yo‘nalishida bellashmoqda
                                                                        Prezident qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan “Raqamli avlod qizlari” tanlovi tuman, shahar bosqichlariga start berildi.
Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 4–8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda 16–20 va 21–30 yosh toifasidagi qizlar ishtirok etmoqda.
Ushbu tanlovga viloyat bo‘yicha 7667 ta ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, “Ta’lim” yo‘nalishidagi loyihalar soni 2642 ta, “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha 2259 ta, “Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq” 1160 ta, “Yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida 1606 ta loyiha ishlari taqdimot qilinadi.
Tanlovning Samarqand shahar bosqichi ochilish marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Mirzayev ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.