O‘zbekistonda aholi daromadlari 8,4 foizga o‘sdi
                                                                        Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’luot berdi.
Unga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr holatiga aholining umumiy daromadlari 825,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Inflyasiyani hisobga olgan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,4 foiz bo‘lgan.
Mazkur davrda aholi jon boshiga umumiy daromadlar 21,8 million so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 116,1 foiz, real o‘sish sur’ati 106,3 foiz darajasida qayd etildi.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi esa quyidagicha:
Toshkent shahri — 52 mln so‘m
Navoiy viloyati — 32,1 mln so‘m
Buxoro viloyati — 26 mln so‘m
Xorazm viloyati — 22,8 mln so‘m
Toshkent viloyati — 21,9 mln so‘m
Andijon viloyati — 19,4 mln so‘m
Farg‘ona viloyati — 18,5 mln so‘m
Samarqand viloyati — 18,1 mln so‘m
Sirdaryo viloyati — 17,2 mln so‘m
Jizzax viloyati — 17,1 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 17 mln so‘m
Surxondaryo viloyati — 16,5 mln so‘m
Namangan viloyati — 15,8 mln so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14,8 mln so‘m