Maktablar va muzeylar hamkorligi davom etmoqda

Ishtixon tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat xalq xalq ta’limi boshqarmasi hamda viloyat davlat muzey-qo‘riqxonasi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari munosabati bilan ochiq darslar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Maktabning adabiyot fani o‘qituvchisi M.Soibova, tasviriy san’at fani o‘qituvchisi Z.O‘taboyeva, jismiy tarbiya fani o‘qituvchisi A.Toshtemirovlar tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslari, davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufidagi muzeylarda saqlanayotgan ashyolarning fotosuratlaridan iborat "Samarqand muzeyidan fotolavhalar" mavzusidagi ko‘chma ko‘rgazma o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otdi.
O‘quvchilar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar.
Tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi.