Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholining 1,3 millioni ishsiz ekani aytildi
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 1,3 millioni ishsiz. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ma’lumot berdi.
— Mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – hokim yordamchilari instituti tashkil etildi. Hozirda respublikadagi mavjud mahallalarda 10 ming nafarga yaqin hokim yordamchilari faoliyat yuritib, ular tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Hokim yordamchilari orqali subsidiyalar ajratish, ish bilan ta’minlash, kasbiy tayyorgarlikka jalb qilish va biznes yuritish ko‘nikmalari orqali qariyb 2,2 million kishining bandligi ta’minlandi.