Mansur Toshmatov Samarqandda yosh operachilarni sinovdan o‘tkazdi

Samarqand shahridagi “Bog‘ishamol Garden” majmuasida Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” qo‘shiqlar tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda sakkiz viloyatdan ishtirokchilar qatnashdi.  

Yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish, Vatanni madh etuvchi yangi va zamonaviy musiqiy asarlarni izlab topish, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida Madaniyat vazirligi huzuridagi Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvalash va Axborot-multimedia markazi tomonidan tashkil etilgan tanlovda ko‘plab iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.   

Tanlovga taqdim etilgan asarlar O‘zbekiston xalq artistlari Mansur Toshmatov, Ramz Usmonov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Toir Qo‘ziyev, shuningdek, tajribali musiqashunos, kompozitor hamda musiqiy sayqalchi tomonidan baholandi.

Ustoz san’atkorlar yosh ishtirokchilarga kerakli maslahat va tavsiyalar berdi.