Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Bugun, 6 sentyabr kuni Xalq demokratik partiyasining Qurultoyi o‘tkazildi.
Unda delegatlar XDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Qurultoyda Maqsuda Vorisova saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Unda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsad va vazifalar ilgari surildi.
Unga ko‘ra, har bir oila o‘zining birlamchi hayotiy ehtiyojlarini qondirishi, qulay uy-joy, uzluksiz energiya ta’minoti, tabiiy gaz va ichimlik suvi, sifatli oziq-ovqat, zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun yetadigan daromad manbaiga ega bo‘lmog‘i kerak.
“Prezident saylovi kampaniyasida “Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi”, degan bosh shior ostida g‘alaba uchun kurashamiz”, dedi ayol-nomzod.