Marjona imtihonsiz oliy o‘quv yurti talabasiga aylandi
Samarqanddagi 45-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Marjona Samadova shu yil imtiyozli ravishda, ya’ni imtihonsiz, grant asosida oliy ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ushbu imtiyoz yoshlar ittifoqi faollari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning bu tashkilotdagi jamoatchilik asosida faoliyatiga ko‘ra taqdim etiladi. Marjona Samadova yetti yilki, ittifoqning faollaridan biri.
- Avval «Kamalak»ka a’zo bo‘ldim, bolaligimdan jamoat ishlariga qiziqqanim tufayli tengdoshlarim orasida turli tadbirlar, anjumanlarning ishtirokchisi, tashkilotchisi bo‘ldim, - deydi Marjona. – Fanlarni ham o‘zlashtirishga harakat qildim. Rus va ingliz tillarida bemalol so‘zlasha olaman. Yoshlar ittifoqi hayotimning bir bo‘lagiga aylangan.
Bir necha yillardan beri sardorlarga yetakchilik qilib kelayotgan Marjona respublika miqyosidagi qator tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallagan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, har bir viloyatdan bir nafar yoshlar ittifoqi faoli tanlov asosida imtiyozli tarzda oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish imkoniga ega.
Shahnoza XOLIQOVA.