Markaziy bank: 2022 yili 14,4 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratildi
- 13.01.2023 10:16
- 66
- Iqtisodiyot
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 2022 yil davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 14,4 trillion so‘mni tashkil etgan.
Xususan, birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 10,8 trln. so‘mlik va ikkilamchi bozordagi uylar uchun 3,6 trln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Yil davomida tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan aholiga 3,8 trln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,9 trln. so‘mga ko‘pdir.
Teglar:
Ipoteka krediti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa