Samarqandda eng ko‘p ipoteka krediti ajratilgan hududlar ma’lum qilindi

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ajratilayotgan ipoteka kreditlari tahlilini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 2023 yilning 10 oyi davomida viloyatda tijorat banklari tomonidan 3 825 nafar shaxsga 976,3 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Kreditlarning 36 foizi xotin-qizlarga berilgan. Shuningdek, 1 110 nafar yoshlarga 298,7 milliard so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.

➖ 2 750 nafar fuqarolarga birlamchi uylar sotib olish uchun 679,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan;

➖ 1 075 nafar fuqarolarga ikkilamchi uylar sotib olish uchun 296,9 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Xususan, 2023 yilning 10 oyi davomida ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari 60,8 mlrd. so‘m, bank o‘z mablag‘lari orqali 229,7 mlrd. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5886-sonli farmoni (yangi tartib) doirasida 630,7 mlrd. so‘m hamda Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan 55,1 mlrd. so‘m to‘g‘ri keladi.

▪️Shuningdek, 2023 yilning 10 oyi davomida 2 541 nafar fuqaroga “Yangi tartib” doirasida 630,7 mlrd. so‘m ipoteka krediti ajratilgan. Shu jumladan, uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarnomasini olgan 1 367 nafar fuqaroga 366 mlrd. so‘m ipoteka kreditilari ajratilgan.

✔️Jumladan, 2023 yilning 10 oyi davomida 3 825 nafar fuqaroga ajratilgan ipoteka kreditlarining yosh tasnifi bo‘yicha:

➖ 18 – 30 yoshgacha 901 nafar ya’ni 24 foizni tashkil etadi.

➖ 31 – 50 yoshgacha 2 583 nafar ya’ni 67 foizni tashkil etadi.

➖ 51 – yoshdan yuqori 341 nafar ya’ni 9 foizni tashkil etadi.

🏠Ipoteka kreditlari eng ko‘p ajratilgan hududlar.

1️⃣ Samarqand shahar - 718,1 mlrd. so‘m;

2️⃣ Jomboy tumani - 43,2 mlrd. so‘m;

3️⃣ Kattaqo‘rg‘on shahar - 34,9 mlrd. so‘m.