1 iyundan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti beriladi
- 30.05.2024 10:03
- 606
- Iqtisodiyot

Qonunchilikka ko‘ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda:
- ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
- ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.
Teglar:
Ipoteka krediti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bloger bo‘lmoqchiman!
- 38 daqiqa avval
- Jamiyat
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- 16/08, 12:59
- Xorij