Viloyatda bir yilda qancha ipoteka krediti berilgani ma’lum qilindi: Eng ko‘p kredit ajratilgan hududlar Samarqand shahri, Past Darg‘om va Urgut tumanlari

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi o‘tgan 2022 yilda Samarqand viloyatida tijorat banklari tomonidan 5 931 nafar fuqarolarga 1 178,9 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Ushbu ajratilgan ipoteka krediti olganlarning 44 foizi, ya’ni 2 627 nafarini xotin-qizlar, 56 foizi — 3 304 nafarini erkaklar tashkil etadi. Shuningdek, 1 638 nafar yoshlarga 338,1 mlrd. so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.

Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig‘i 4,2 trln. so‘mni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 6 barobarga oshgan.

• 5 164 nafar fuqarolarga birlamchi uylar sotib olish uchun 1 029,1 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan;
• 767 nafar fuqarolarga ikkilamchi uylar sotib olish uchun 149,8 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Xususan, 2022 yilda ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari 6,1 mlrd. so‘m, bank o‘z mablag‘lari orqali 125,3 mlrd. so‘m hamda Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan 1 047,5 mlrd. so‘m to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 2022 yilda tijorat banklari tomonidan 5 931 nafar fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlaridan 2 559 nafar fuqaroga ya’ni 628,0 mlrd. so‘m subsidiya asosida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Ipoteka kreditlari eng ko‘p ajratilgan hududlar.
Samarqand shahri - 648,3 mlrd. so‘m (2 762 nafar);
Pastdarg‘om tumani - 85,8 mlrd. so‘m (465 nafar);
Urgut tumani - 55,7 mlrd. so‘m (304 nafar).