Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Samarqandda saylovga tayyorgarlik bo‘yicha axborot eshitildi

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda caylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish, Prezidenti saylovini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axboroti eshitildi.

Xususan,  7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi Xo‘jaqul Muhammadiyev okrug hududida saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

7-Samarqand okrug saylov komissiyasi matbuot markazi.