Masal: Dushman qidirgan - dushman topar, do‘st qidirgan – do‘st...

Qadim zamonlarda bir shoh saroyida shifti, devorlari, eshigi va hattoki, oyoq tagi oynadan qilingan zal bor ekan.
Oyinalar shunchalik ravshan, buyumlarni shu qadar aniq aks ettirar ediki, hatto kelgan mehmon uning oldida ko‘zgu borligini ham sezmasdi. Bundan tashqari, ushbu zalning devorlari aks-sadoni ajablanarli tarzda kuchaytirishga mo‘ljallangandi.
Bir kuni xonaga bir it yugurib kirib, zalning o‘rtasida “hayrat”da qotdi. Uni har tomondan, yuqori va pastdan bir to‘da itlar “o‘rab olgandi”. U har ehtimolga qarshi tishlarini irjaytirdi va ko‘zgudagi barcha akslar unga bir xil javob berishdi. Qattiq qo‘rqqan it hura boshladi, aks-sado uning hurishini takrorladi va uning ovozi tobora kuchayib bordi. It havoni tishlab oldinga va orqaga yugurar, uning akslari ham tishlarini qimirlatib atrofida ovora bo‘lardi.
Ertalab xizmatkorlar badbaxt kuchukni “mingta o‘lgan it” orasidan olib chiqib ketishdi. Xonada unga zarar yetkazadigan hech kim yo‘q edi. It o‘z qarashlari bilan kurashda halok bo‘ldi.
Dunyo bizga yaxshilikni ham, yomonlikni ham olib kelmaydi. Atrofimizda sodir bo‘layotgan barcha hodisalar faqatgina o‘zimizning fikrimiz, his-tuyg‘ularimiz, istak va harakatlarimizning aksidir. Dunyo – bu katta bir ko‘zgu.
Ushbu masal atrofimizdagi olamni aks ettirishi haqida gapiradi. Ya’ni, o‘zimiz dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgumiz. Har birimiz bir olam va biz bu dunyoni tashqariga olib chiqamiz. Agar biror kishi dushman qidirsa, u albatta, uni topadi. Do‘st qidirayotgan har bir kishi albatta, unga erishadi. Qo‘rquv va g‘azabni, quvonch va ro‘shnolikni dunyoga yuborsangiz, o‘zingiz ham shunga yarasha javob olasiz.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.