Mast holatda yo‘l belgisini sindirib, mashinasiga solib ketganlar ushlandi
2023 yil 23 fevraldan 24 fevralga o‘tar kechasi Samarqand shahar Ogahiy ko‘chasida soat taxminan 01:00 lar atrofida 4 nafar fuqarolar mast holatda ko‘chadagi “Kirish taqiqlanadi” yo‘l belgisini yiqitib, o‘zining mashinasiga solib olib ketgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu huquqbuzarlikni Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh. va Samarqand shahar Navbog‘chiyon mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan O.S.lar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.