Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, turoperatorlar tomonidan Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.

Natijada, Navoiy, Samarqand viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta, ya’ni "A-HELLO ", "SM Tower Tour" va "RAYXONA TOUR" MChJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.