Mas’ul rahbarlarga biriktirilgan yoshlar jinoyat sodir etgan

Yoshlar jinoyatchiligini tahlil qilish jarayonida mas’ul rahbarlarga biriktirilgan 2 nafar yosh tomonidan jinoyat sodir etilganligi aniqlangan.
Misol uchun, Urgut tumanida probatsiya ro‘yxatida turuvchi 1996 yilda tug‘ilgan A. F. va 2003 yilda tug‘ilgan M. M. tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari A.Majidovga aprel oyining boshida biriktirilgan. Ushbu yoshlar joriy yil 21 apreldan 22 aprelga o‘tar kechasi Samarqand tumani Yangijoy mahallasida o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Bu ham yetmaganday, 25 apreldan 26 aprel kuniga o‘tar kechasi Samarqand tumani Yangiariq mahallasida qayta o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.