Mas’uliyatsiz ota 15 kunga qamaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Olimjon Hamroqulovdan undiruvchi Nasiba Eshmanovaning foydasiga bir nafar farzandini moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor O.Hamroqulovning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat idoralariga so‘rov xatlari yuborilgan bo‘lib, unga ko‘ra qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor O.Hamroqulov bir necha marta ogohlantirishlarga qaramasdan 2008 yilning fevral oyidan buyon aliment to‘lamay kelayotganligi aniqlandi.

Qarzdor O.Hamroqulovning aliment qarzdorligi hisob-kitob qilinganda bugungi kun holatiga 37 million 197 ming so‘m qarzdorligi mavjud.

Qarzdordan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rishlik uchun Bulung‘ur tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Bulung‘ur tumani ma’muriy sudining qarori bilan qarzdor O.Hamroqulovga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tumani bo‘limi.