Mas’ullar e’tiboriga: Qorasuv ko‘chalarida piyoda yurib ko‘rganmisiz?

To‘rt mahallani o‘z ichiga olgan yangi shaharcha - Qorasuv massivi aholisini qiynayotgan eng katta muammo yo‘l masalasidir. Masalan, 80- va 82-maktabga eltuvchi ayrim ko‘chalarda piyodalar uchun yo‘laklar yo‘q. Borlari ham yaroqsiz. Odamlar emin-erkin yurolmaydi.

Ichki yo‘llarni qo‘ya turaylik, shaharchaning markaziy ko‘chalari ham avtomobillar harakatlanishi uchun noqulay.

Massivda huquqbuzarliklar ham sodir etilganligi uchun ayrim mahallalar “qizil toifa”da. Shaharcha aholisi kechki payt dam olish uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga boradi. Afsuski, bog‘da o‘rnatilgan chiroqlarning hech biri yoritish uchun xizmat qilmayapti. Qorong‘u bog‘da, chiroqsiz va yaroqsiz yo‘llarda huquqbuzarlik sodir etilmaydi, deb kim kafolat bera oladi?