MB aholini firibgar telegram kanali paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi

Markaziy bank aholini firibgar telegram kanallar paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi.

Xabarda "MARKAZIY BANK AKSIYASI" sarlavhasi bilan "ZAKAZ_MUI" deb nomlangan telegramm-kanalda tarqatilayotgan axborot Markaziy bankning kommunikatsion kanallariga aloqasi yo‘qligi va hech qanday asosga ega emasligi bildirilgan.

Shuningdek, rasmiy tashkilot nomidan noqonuniy faoliyat yuritilishi amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun respublika huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilishi ma’lum qilingan.