MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi Samarqandda o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 9-10 iyul kunlari Samarqand shahrida MDH mamlakatlari birinchi turizm yarmarkasi va Turizm kengashi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Mazkur format MDHga a’zo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdo‘stlikdagi turizm sektorining muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Tadbir doirasida “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MDH Ijro qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.