Mehnat fronti faxriylariga esdalik medallari topshirildi

Prezidentimizning 2020 yil 28 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi Falabaning 75 yilligi” esdalik medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi Hamrayevlar oilasiga “Ikkinchi jahon urushidagi Falabaning 75 yilligi” esdalik medallari topshirildi.
Karim Xamrayev va Saodat Xamrayeva frontorti mehnat faxriysi hisoblanib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada hamda bugungi dorilamon kunlarga yetishimizga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishgan.
Bundan tashqari, tumanning Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Soliya Jumayevaga ham davlatimiz rahbari nomidan esdalik medali bilan taqdirlandi.