“Mehr-shafqat va Salomatlik" jamoat jamg‘armasi mas’ullari 2,8 mlrd mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

“Mehr-shafqat va Salomatlik” jamoat jamg‘armasidagi talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamg‘arma direktori M.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 mlrd so‘m mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma direktori M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.