“Mehribonlik uylari” sobiq tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi holati yuzasidan o‘rganish olib boriladi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Bu joy O‘zbekistondagi do‘zax, hech kim chiqolmagan!” sarlavha ostidagi maqola keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Unda ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatidagi 6, 10-sonli hamda Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun davlat tomonidan uy-joy ajratilgan. Biroq tarbiyalanuvchilar mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu uy-joylar ularga kredit asosida berilgani to‘g‘risida ogohlantirmagan va buning oqibatida ular mazkur turar-joylardan haydab chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga yechim izlab Toshkent shahriga kelishganda ichki ishlar xodimi tomonidan ularga nisbatan o‘rinsiz harakatlar amalga oshirilgani iddao qilingan.

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan  mazkur holat nazoratga olindi.

Tez orada ushbu holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etiladi.