Bolajonlar harbiylar bilan davlat madhiyasini kuyladi
- 03.11.2019 08:40
- 147
- Jamiyat

Samarqand davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 1-son mehribonlik uyida tadbir tashkil etildi.
«Bu Vatan manimdir!» deb nomlangan tadbir avvalida institutning harbiy kafedrasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Muhammadiso Zaripov vatanni sevish, yurtni dushmandan qo‘riqlash shu el farzandining burchi ekanini ta’kidladi. So‘ngra mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yosh kursantlar tomonidan tayyorlangan harbiy ko‘rinishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida yosh kursantlarga "Vatanga qasamyod" matni, esdalik uchun harbiy tasma va beretlar, tarbiyalanuvchilarga esa harbilikka xos sovg‘alar topshirildi. Yakunda bolajonlar harbiylar bilan birgalikda O‘zbekiston davlat madhiyasini kuyladi.
Teglar:
mehribonlik uyi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
- Bugun, 10:47
- Jamiyat
Poraxo‘rlik inqirozga olib boradi
- Bugun, 10:14
- Jamiyat