Viloyat hokimlari bir oy muddatda Mehribonlik uylari bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda oliygohlarning yetakchi professor-o‘qituvchilari haftada kamida ikki kun ushbu to‘garaklarga kelib, bolalarni o‘qitib berishlari, buning uchun, ularga alohida ustama to‘lanishini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi sport federatsiyalari bilan birga ikki hafta muddatda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport to‘garaklarini tashkil etadi.

Viloyat hokimlari bir oy muddatda Mehribonlik uylaridagi bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, zarur sport anjomlari bilan ta’minlashga shaxsan mas’ul bo‘ladilar.

Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya viloyat hokimlari bilan birga bir hafta muddatda har yili yoz va qish mavsumlarida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar uchun Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Termiz kabi qadimiy shaharlarga sayohat dasturini tasdiqlab, amalga oshiradi.