“Men pora olmayman”

Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri shunday nomlandi.
Tadbirda partiyaning Samarqand viloyati kengashi raisi Himmat Oqbo‘tayev, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Zikrillo Yazdonov hamda keng jamoatchilik vakillari va filialning professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, bu illatning salbiy oqibatlari, yoshlar orasida poraxo‘rlikka qarshi ongli munosabatni rivojlantirish, bunday tashabbuslarni davom ettirish kerakligi ta’kidlandi. Talabalar ham faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar taklif etdi.
Xuddi shu kabi tadbir xalq deputatlari Urgut tuman Kengashi deputatlari ishtirokida ham o‘tkazildi. "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" mavzusida tashkil etilgan tadbirda gender tenglikni ta’minlash va ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirokini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Gulnafisa Abdimurodova.