Mening bog‘im loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi

3 iyul kuni “Ochiq byudjet ” portalida “Mening bog‘im” loyihalari bo‘yicha ovoz berish yakunlangan edi.

Loyihaga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi yo‘naltirilishi belgilangan. Joriy yilda jami 48,6 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi va har bir tumanga 250 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanishi ko‘zda tutilgan.

Bugun «Mening bog‘im» loyihasida 215 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Quyida g‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

G‘oliblar ro‘yxati