Merlikka nomzodlar dafn marosimida o‘qqa tutildi

Tailandning Ratchaburi viloyatida dafn marosimida otishma sodir bo‘ldi. 28 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda shahar merligiga nomzodini qo‘ygan ayol -   Varaporn Niamraksa otib o‘ldirildi. Yana uch nomzod, shuningdek okrug rasmiysi jarohat oldi, deya xabar berdi Bangkok Post.

Hodisa sabablari mahalliy siyosat va shaxsiy ziddiyat bilan bog‘liq, deb taxmin qilinmoqda. Otishma Bat Tha Kxam ibodatxonasida ro‘y berdi. Besh kishi turli darajada tan jarohati oldi. Ularning barchasi eng yaqin kasalxonalarga yetkazilgan.

Guvohlarning aytishicha, otishma Buddaning asosiy tasviri orqasidan amalga oshirildi. Hujumchilar soni noma’lum. Politsiya Vanchart Niamraksning provinsial ma’muriyati a’zosi bo‘lgan gumonlanuvchini hibsga olish to‘g‘risida sud qarorini talab qilgan.