Mexiko shahrida poyezd va metro ko‘prigi qulab tushdi
Mexiko shahrida poyezd bilan birga metro ko‘prigi qulab tushdi, dedi Meksika poytaxti meri Klaudiya Sheynbaum halokat sodir bo‘lgan joyga borayotganini ma’lum qilib.
"Men voqea joyiga 12-qatorda ketyapman, yetib borganimda xabar beraman", deya yozgan Sheynbaum o‘z Twitter’ida.
Advokat Edgar Ambris o‘zining Twitter’dagi blogida qulab tushgan ko‘prik o‘rtasida yotgan ikki poyezd vagoni suratini joylashtirdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Mexiko shahrining janubi-sharqida, Olivos va Tesonko stansiyalari yaqinida sodir bo‘lgan.
Favqulodda xizmatning dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi kishi jarohatlangan.