MIB "F.H.G. AAK" MChJdan 200 mln. so‘mlik davlat boji undirdi
Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2024 yil 1 apreldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor "F.H.G. AAK" MChJdan undiruvchi davlat foydasiga 199 million 249 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Hujjatga ko‘ra, shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.
Ixtiyoriy to‘lov amalga oshirilmagach, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Shundan so‘ng qarzdor "F.H.G. AAK" MChJ tomonidan 199 million 249 ming so‘m davlat boji va 9 million 962 ming ijro yig‘imini to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Sardor ShAKAROV,
MIBning Samarkand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.