Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB tomonidan iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi

Byuroning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlariga asosan, iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini yo‘q qilish amalga oshirildi.

Jumladan, bo‘lim ish yurituvida JIB Oqdaryo tuman sudining ijro varaqasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo tariqasida olingan 69,5 million so‘mlik 0,5 liter hajmli 1545 dona va 0,25 litr hajmli 57 dona “Golubie glaza”, 0,7 litr hajmli 468 dona hamda boshqa turdagi aroq mahsulotlari, maxsus kley, alkogol mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan polietilen rulon va boshqalarni yo‘q qilish belgilangan.

Samarqand shahar hokimligi qoshidagi “Maroqand obod” DUK balansidagi markaziy chiqindi poligonida ijro tayinlanib, ushbu mol-mulklar mutasaddi tashkilotlar va xolislar ishtirokida yo‘q qilindi.

Ahror MAXAMMATOV,
Byuroning Oqdaryo tumani bo‘limi davlat ijrochisi.