Milliarderlar pandemiyadan xalos bo‘lmay turib, 100 million dollarini 200 million qilib bo‘lmasligini anglashi kerak

Dunyoning turli mamlakatlaridan 93 millioner jahon hukumatlaridan eng badavlat odamlardan olinadigan daromad solig‘ini oshirish va mablag‘ni koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirishini so‘radi. Murojaatga imzo chekkanlar orasida AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Yangi Zelandiya fuqarolari bor. Ammo negadir ularning orasida 200 millioneri bo‘lgan Rossiyani ko‘rmaysiz.

Millionerlar va milliarderlar insoniyatga tahdid solayotgan pandemiyadan xalos bo‘lmay turib, 100 million dollarni 200 million qilib bo‘lmasligini yaxshi bilishadi. G‘arbiy Yevropada eng boy fuqarolar daromad solig‘iga 45-55 foiz to‘laydi. Hatto, AQShda millionerlar byudjetga 35 foiz soliq to‘laydilar. Shu tariqa daromad va rentani jamiyat foydasi –tibbiyot, ta’lim, fan, aholining kam ta’minlangan tabaqasi, nafaqa oluvchilarga qayta taqsimlash amalga oshiriladi.

T.MUROD  tayyorladi.