Milliy gvardiyachilar endi faoliyatlarini yangi, zamonaviy binoda davom ettiradi

Narpay tumanida Milliy gvardiya viloyat qo‘riqlash boshqarmasining 7-alohida otryadi (Narpay tumanidagi ob’yektlarni qo‘riqlash bo‘yicha) ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Narpay tumani hokimi Sh.Rahmonov, Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik L.Yaxshilikov, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R.Namozov, qo‘riqlash xizmati faxriylari hamda soha xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatiga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi.

Aholi orasida huqubuzarlik va jinoyatchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish, yurtdoshlarimiz xotirjamligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi mazkur bino zamonaviy, barcha talablarga javob bera oladigan qilib bunyod etilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan fidoyi va jonkuyar xodimlar hamda faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Marosim qatnashchilari ushbu binoda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.

Ta’kidlash lozimki, binoda navbatchilik qismi, monitoring xonasi, kichik sport zal, xodimlarga psixologik xizmat ko‘rsatish xona, kutubxona, o‘quv xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, jangovar shaylikni oshirishga qaratilgan elektron tir otish kabi xonalar joy olgan.

Shu kuni Narpay tumani qo‘riqlash xizmati xodimlariga yangi xizmat avtomashinasi ham topshirildi.