Milliy gvardiyachilar uchun zamonaviy bino foydalanishga topshirildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan Milliy gvardiya viloyat qo‘riqlash boshqarmasining 4-alohida otryadi (Kattaqo‘rg‘on shahridagi ob’yektlarni qo‘riqlash bo‘yicha) ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik L.Yaxshilikov, qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R.Namozov, qo‘riqlash xizmati faxriylari hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda soha xodimlari uchun barcha sharoitlar mujassamligini e’tirof etdi. Binoda navbatchilik qismi, monitoring xonasi, kichik sport zal, xodimlarga psixologik xizmat ko‘rsatish xona, kutubxona, tibbiy xona, o‘quv xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, xodimlarning kiyinish xonasi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish kabi xonalar joy olgan.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan fidoyi va jonkuyar xodimlar hamda qurilishda jonbozlik ko‘rsatgan mutaxassislar va faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shu kuni Kattaqo‘rg‘on shahar qo‘riqlash xizmati xodimlariga yangi xizmat avtomashinasi ham topshirildi.