Mingtutda 107 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Sanoqli kunlardan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda viloyatimizda ham yirik siyosiy tadbirga hozirlik ishlari yakunlanib, 1130 ta saylov uchastkasi shay holatga keltirildi.
Jumladan, Samarqand shahri Mingtut mahallasida joylashgan 89-saylov uchastkasi qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlandi. Uchastka saylov komissiyasi uchun ajratilgan xonalar zarur texnika vositalari - kompyuter jamlanmalari, telefon, nusxa ko‘chirish apparati va tegishli adabiyotlar bilan, uchastka joyi esa saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari bilan ta’minlandi. Kirish yo‘laklariga maxsus panduslar o‘rnatildi. Ovoz berish kabinalari, statsionar va ko‘chma saylov qutilari shay holatga keltirildi.
Saylov uchastkasida jami 1039 nafar fuqaro ovoz berishi ko‘zda tutilgan. Shundan birinchi marta saylovda ishtirok etayotganlar 13 nafarni, imkoniyati cheklangan saylovchilar 7 nafarni tashkil etadi. 107 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
Gavhar ABDUVOHIDOVA,
Samarqand shahridagi 89-saylov uchastkasi kotibi.