Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati o‘qishga qabul e’lon qiladi

HURMATLI OTA-ONALAR!

- farzandingiz maktab-internatda ta’limni davom ettirishini istaysizmi?

- matematika va fizika fanlarini chuqur o‘zlashtirishinichi?

Unda, sizga Samarqand shahrida yangi tashkil etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati yaqindan yordam beradi.

Maktab-internatga ayni paytda umumta’lim maktablarining 7 va 8-sinfida o‘qiyotgan iqtidorli o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘quvchilarga fanlar bo‘yicha birinchi va oliy malaka toifalari va ilmiy darajaga ega, umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xorijiy ta’lim muassasalarining yetkachi mutaxassislari saboq beradi.

O‘quvchilarning matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlarini chuqur o‘rganishi, ushbu fanlardan respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi ta’minlanadi.

Fanlarni mukammal o‘zlashtirishi uchun qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Eng so‘nggi o‘quv-laboratoriya jihozlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ilg‘or o‘quv-metodik majmualar hamda darsliklar mavjud. O‘quvchilar mazali 4 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Sport va faollar zallari, barcha imkoniyat va sharoitlarga ega yotoqxona o‘quvchilar xizmatida.

Maktab-internatga sinov imtihonlaridan o‘tgan 120 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Imtihonlar matematika, fizika, informatika hamda ingliz tili umumta’lim fanlari bo‘yicha, davlat test markazi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadi.

Maktab-internatda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

- ota-ona arizasi;

- tibbiy ma’lumotnoma (086 forma);

- tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

- ota-onasining pasport nusxasi;

- 6 dona 3x4 sm. o‘lchamdagi fotosurat;

- tabel nusxasi;

- psixolog tashxis xulosasi.

O‘QITUVChILAR DIQQATIGA!

Maktab-internatida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish istagidagi barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha birinchi va oliy toifaga ega o‘qituvchi va murabbiylar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishga taklif qilinadi.

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

- ariza (tanlovda ishtirok etish uchun komissiya raisi nomiga);

- pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi);

- oliy ma’lumoti to‘g‘risida hujjat nusxasi;

- mehnat daftarchasining nusxasi yoki ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;

- fani bo‘yicha tegishli darajadagi milliy sertifikat nusxasi;

- toifasini tasdiqlovchi hujjati;

- 3x4 sm. o‘lchamdagi 4 dona fotosurat.

Hujjatlar Samarqand shahri Sartepa maskani, 158-“A” uy (sobiq 10-mehribonlik uyi) manzilida o‘quvchilardan joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha, o‘qituvchilardan 20 noyabrdan 10 dekabrga qadar har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi (t.me/samarqandvxtb/7400).

Onlayn tartibda 97-910-42-77 telegramm raqami orqali qabul qilinadi.

Murojaat va qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 66-221-93-17, 97-910-42-77.

Reklama huquqi asosida.