Mirzo Ulug‘bek jahon tanigan shaxs
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan shu nomli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining arxeologiya, etnografiya, hujjatlar, tasviriy san’at fondlaridagi eng sara asarlar orqali ulug‘ ajdodimizning serqirra hayoti va faoliyati jonlantirilgan. Ilmiy izlanishlar natijasi o‘laroq yaratilayotgan bu kabi ko‘rgazmalar allomaning turli sohalarga qo‘shgan bebaho hissasini e’tirof etish, uni bugungi kunda sohalarda keng tatbiq etish, shuningdek, yurtimizga xorijlik tarix ixlosmandlarini jalb etish maqsad qilingan.
Ko‘rgazmada muzeyshunoslar, oliygohlarning tarix va astronomiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari hamda tarix ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazma joriy yilning aprel oyiga qadar namoyish qilinadi.