Missisipida tornado shaharni vayron qildi va 20 dan ortiq odamni umriga zomin bo‘ldi
Shanbaga o‘tar kechasi AQShning Missisipi shtatidan o‘tgan kuchli tornado oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi, bedarak yo‘qolganlar bor.
CNN ta’kidlaganidek, tabiiy ofat Alabama va Tennessi shtatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.
«Shahar endi yo‘q. Bunaqasini ko‘rmaganman» deydi telekanalga Rolling-Fork meri.
Jo Biden tornado yetkazgan zararni “yurak ezuvchi” deb atadi va federal hukumat tomonidan yordam kursatilishini ma’lum qildi.