Mobil muxbir xabar qiladi: Gaz quvuri tortildi, asfalt yo‘lni kim o‘z holiga keltirib qo‘yadi?

Bundan 10 kuncha avval gazchilar Past Darg‘om tumani Balxiyon mahallasi hududidagi namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarga kirish yo‘llarini kovlab, gaz quvuri yotqizishdi. Gaz quvurini qayergadir tortish, bu yaxshi, ammo yo‘lni kovlab, ishni chala tashlab ketganiga nima deysiz? Buni suratlarni ko‘rib, anglab olish qiyinmas.

Shu kunlarda bu yerdan harakatlanadigan avtomashina haydovchilari bu holatdan azob chekyapti. Yomoni, bunday holatni bilmagan avtoulov boshqarayotganlar boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etishi ehtimoli oshyapti, mashinalarining ta’mirtalab bo‘lib qolayotgani alohida muammo, tashvish.

Nahotki mas’ullar kovlangan asfalt yo‘lni o‘z holiga keltirmasa. Kamiga yo‘l belgisiniyam ko‘zdan pana joyga yashirib qo‘yishgan...