O‘zbekistondan Buyuk Britaniya bozoriga tizimli ravishda qovun eksporti boshlandi
- 18.09.2024 16:18
- 27
- Iqtisodiyot
Birinchi marta O‘zbekistondan Britaniya bozoriga qovun eksporti tizimli ravishda boshlandi, deb xabar beradi EastFruit.
Buyuk Britaniyaning "Lemar Food LTD" kompaniyasiga O‘zbekistondan eksport qiluvchi “Agricultural Products Export” MChJ tomonidan umumiy hajmi 10 tonna bo‘lgan partiya yetkazib berildi.
“Dunyo” axborot agentligi yozishicha, britaniyaliklar o‘zbek qovunining o‘ziga xos ta’mini his qilib bo‘lgan – avvallari u Britaniya bozoriga sinov tariqasida yetkazib berilgan bo‘lsa, endilikda mahalliy iste’molchilar bu shirin mahsulotdan doimiy ravishda bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda Britaniyaning import qiluvchi kompaniyalari bilan mamlakatimizdan yetkazib berilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Hozirgina
- O'qing, qiziq!
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 20 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa