Nitratsiz tarvuzni qanday tanlash va zaharlanmaslik kerak?
Pul topish maqsadida tadbirkorlar tezroq o‘sib, tosh bosishi uchun ko‘pincha tarvuzni nitrat bilan boqadi. Bunday tarvuzlarni iste’mol qilganda zaharlanish mumkin.
Nitratlar inson ichaklariga tushganida nitritlarga aylanadi, ular o‘z navbatida metgemoglobinni hosil qiladi.
Metgemoglobin hujayralarga kislorod yetkazib beruvchi gemoglobinning o‘rnini bosadi. Natijada zaharlanish sodir bo‘ladi.
Yengil zaharlanishda quyidagi alomatlar kuzatiladi: ko‘ngil aynish, bosh aylanish, bosh og‘riq, ich ketishi.
Metgemoglobin gemoglobin hujayralarini 50 foizdan ko‘prog‘iga almashtirganda odam o‘lishi mumkin.
Sifatli tekshirish uchun maxsus moslama kerak bo‘ladi. Ammo bunday moslama hammada ham bor emas. Shuning uchun tekshirishning boshqa usullarini qo‘llash lozim.
1. Tarvuzdagi chiziqlar aralashmagan bo‘lishi kerak
Tarvuz sotib olishdan oldin uning chiziqlariga e’tibor berish kerak. Chiziqlar aniq va bir-biri bilan aralashib ketmagan bo‘lishi lozim. Xiralashgan chiziqlar tarvuzning tezroq o‘sishi uchun nitratga to‘yintirilganidan darak berishi mumkin.
2. Ukol izlarini tekshiring
Sotib olishdan oldin tarvuzning hamma tomoniga diqqat bilan qarang. Unda hech qanday ukol izlari bo‘lmasligi kerak. Agar kichik biron iz bo‘lsa ham uni sotib olmang.
3. Suv sinovi
Tarvuzni uyga olib kelganingizdan so‘ng uni suv to‘ldirilgan vannaga soling. Yaxshi pishgan tarvuz suv ustida suzishi kerak. Agar tarvuz cho‘kib ketsa, uni iste’mol qilmaslik kerak.
4. Tarvuzning kesilishini tekshiring
Tarvuzni kesib, yana bir sinovni o‘tkazing. Nitratli tarvuzni kesganda ko‘pincha to‘g‘ri kesiladi. Haqiqiy tarvuz esa shakar donalari sabab qiyshiq kesiladi.
5. Suv orqali sinash
Endi oxirgi sinovga o‘tamiz. Stakanga suv soling, tarvuzdan kichik bo‘lak kesing va stakandagi suvga aralashtiring. So‘ngra rangi aniq bilinishi uchun suvni boshqa stakanga soling. Agar suv xiralashsa, tarvuz nitratsiz bo‘lishi kerak. Agar suv pushti yoki qizil rangga kirsa, unday tarvuzda nitrat mavjud va rang qanchalik yorqin bo‘lsa, nitratning tarkibi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Shuni unutmangki, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maxsus qurilma bilan sinovdan o‘tmagan tarvuzdan bermang. Tarvuzda nitratlar ko‘p bo‘lgani uchun u go‘dagingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.