SamDTU onkologiya sohasida Xitoyning yetakchi universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning Zhejiang universiteti tibbiyot maktabi vakillari keldi.
Zhejiang universiteti tibbiyot maktabining 4-shifoxonasi vitse-prezidenti Tang Zhe boshchiligidagi delegatsiya bilan kechgan uchrashuvda ikki oliygoh negizida onkologiya sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, birgalikdagi ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish, talabalar hamda xodimlarning uzoq va qisqa muddatli malaka oshiruvini tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.
Shuningdek, tashrif doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan SamDTU onkologiya kafedrasida yuqori texnologik kombinirlashgan laparoskopik jigar rezeksiyasi, jigar radioablyasiyasi amaliyoti hamda jigar radioablyasiyasi bajarilib, mahorat darsi o‘tkazildi.