Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ilon Mask ko‘zi ojizlikka butunlay barham beruvchi qurilmani taqdim etdi. Yevropa markazida suv toshqinlari kuchaymoqda

🔹 Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livanda peyjer portlashlari boshlanishidan bir necha daqiqa oldin amerikalik hamkasbi Lloyd Ostinga qo‘ng‘iroq qilgan. Qo‘ng‘iroq chog‘ida, uning so‘zlariga ko‘ra, Gallant Ostinga Isroil Livanda operatsiya o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan, biroq hech qanday ma’lumot bermagan. 

🔹 Isroil dastlab peyjerlarni Hizbulloh bilan jang qilgan taqdirda Livanda portlatishni rejalashtirgan, biroq maxfiylik oshkor etilishidan qo‘rqqan mamlakat rahbariyati bunday imkoniyat qo‘ldan boy bermay, qurilmalarni faollashtirishga qaror qilgan. Bu haqda Isroilning Walla portali manbalarga tayanib yozmoqda.

🔹 Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi. Mamlakat Tergov qo‘mitasi yetti kishidan iborat jinoiy guruh, jumladan, Qorabog‘dan kelgan ikki kishi mamlakatda hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darishni rejalashtirganini ma’lum qilgan. 

🔹 Rossiyada Android va Google ishlamay qolishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Anton Gorelkin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya serverlari eskirib bormoqda, biroq Amerika sanksiyalari tufayli ularni yangilashning iloji yo‘q.

🔹 Norvegiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada radiatsiya oshishini qayd etdi. Bu haqda Norvegiya radiatsiya va yadroviy xavfsizlik agentligi xabar berdi. Radiatsiya kuzatuv stansiyalarida uran-235 parchalanishi paytida ajralib chiqadigan radioaktiv izotop – seziy izlari topilgan.  

🔹 Ilon Mask ko‘zi ojizlikni yengishga muvaffaq bo‘ldi – uning Neuralink kompaniyasi Blindsight deb nomlanuvchi inqilobiy qurilmani ixtiro etdi, u hatto tug‘ma ko‘rlikni tiklay oladi. Qurilmaga FDA ruxsat bergan. AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi uning imkoniyatlaridan hayratda.

🔹 Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz samolyotlari Tver viloyatiga hujum qildi.   

🔹 Markaziy Yevropada “Boris” sikloni keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Tabiiy ofat Avstriya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyani qamrab oldi.