"Mockva-Qarshi" yo‘nalishidagi samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndirildi
Bugun, 12 dekabr kuni tongda Moskvaning Vnukovo aeroportidan Qarshi xalqaro aeroportiga yetib kelishi kerak bo‘lgan havo kemasi (AZO-7095 aviareysi) Qarshi shahrida kuzatilayotgan quyuq tuman tufayli Samarqand aeroportiga qo‘ndirildi.
Qarshida ayni paytda ham xuddi shunday ob-havo kuzatilmoqda hamda samolyot Samarqandda bo‘lib turibdi. Tuman tarqalishi, ko‘rish imkoniyati yaxshilanishi va ob-havo parvozlar xavfsizligiga xalal bermaydigan bo‘lishi bilan havo kemasi Qarshi shahriga uchadi.
Mazkur samolyot bilan Moskva shahriga jo‘nab ketuvchilar bu haqda ogohlantirilmoqda. Ularga parvoz vaqtini aloqa markazidan yoki onlayn jadval orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi.