Mohir va tajribali fotosuratchi, ustoz jurnalist Tohir Norqulov 77 yoshida olamdan o‘tdi

Tohir Norqulov 1946 yil 6 avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan.
Uning qo‘lidan fotoapparat tushmasdi. Hatto pensiyaga chiqqandan keyin ham sevgan kasbini ardoqlab, matbuot nashrlariga suratli maqolalar tayyorlashda davom etdi.
Tohir aka yarim asr mobaynida “Zarafshon”, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Samarqand va poytaxtimizdagi qator tahririyatlar bilan hamkorlik qildi. O‘nlab gazetalarda u kishi fotolavha tayyorlab yoritmagan soha, tashkilot qolmagan hisob. Shu davrgacha u kishining fotoapparatiga muhrlangan suratlar muzeylarni obod qiladigan darajaga yetgan.
Ustoz jurnalist, qadrdon hamkasbimizning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi.