Moldova prezidenti ilk faoliyatini korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashdan boshlashga va’da berdi
Mayya Sandu - Moldovaning birinchi ayol prezidenti. Inauguratsiya marosimida Sandu parlament a’zolari, konstitutsiyaviy sud a’zolari va xorijiy diplomatlar ishtirokida qasamyod qildi. Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi Harakat va birdamlik partiyasining yetakchisi sifatida Sandu saylovda raqibi Igor Dodondan ishonchli ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Ular to‘plagan ovoz orasidagi farq 15,5 foizni tashkil etdi. Sandu birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash va Bryussel bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga va’da berdi.
Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin mustaqil bo‘lgan Moldovada uch yarim million odam istiqomat qiladi. O‘rtada Ukraina va Ruminiya orqali qisilib qolgan bu mamlakat Yevropaning eng qashshoq davlatlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq Moldova bosh vaziri Ion Kiku oppozitsiya talab qilgan muddatidan oldingi parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqishini e’lon qildi. Vazir iste’fosini ayni paytda rasman prezidentlik lavozimiga kirishgan Mayya Sandu va uni qo‘llovchi Harakat va birdamlik partiyasi talab qilishdi. Sobiq davlat rahbari Igor Dodon muddatidan oldingi saylovlargacha vaziyatni boshqaradigan vaqtinchalik hukumat tuzishni taklif qildi. Sandu bu taklifdan voz kechdi.