Moliya vazirligi Gulnora Karimova tomonidan davlat foydasiga o‘tkazilgan mablag‘ bo‘yicha tarqalgan xabarga izoh berdi
- 27.06.2019 20:33
- 334
- O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro G. Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQSh dollari o‘tkazildi degan xabar tarqaldi.
Davlat byudjetiga undirilgan mablag‘larning fuqarolar kesimidagi hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritilmaydi. Bunda o‘tgan yili va joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatilgan miqdorda mablag‘lar byudjetga kelib tushmadi.
Xususan, o‘tgan yili davomida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk (valyuta mablag‘lari va zargarlik buyumlarini qo‘shgan holda) sotishdan tushumlar 163 mlrd.so‘mni yoki 20,2 mln. AQSh dollarini (o‘rtacha yillik kurs bo‘yicha) tashkil qildi.
Joriy yil birinchi yarmida esa davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan 99,4 mlrd.so‘m yoki 11,8 mln. AQSh dollari (o‘rtacha kurs bo‘yicha) kelib tushdi.