Moskvaga so‘nggi 28 yildagi eng kuchli qor yog‘di. Aeroportlarda 30 dan ortiq reys kechiktirildi yoki bekor qilindi

Moskvada oylik yog‘ingarchilik normasining beshdan bir qismi tushdi. Bunaqa qor poytaxtda 28 yildan beri birinchi yog‘ishi, dedi “Fobos” ob-havo markazi yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkovets “RIA Novosti”ga.

“Moskvada o‘tgan kun davomida faol to‘lqinli atmosfera frontining ta’siri natijasida bu kunga eng kuchli anomal qor yog‘di», dedi sinoptik.

Meteorologiya stansiyasida bunday kuchli qor 1993 yildan beri birinchi marta yog‘ishi, o‘shanda to‘qqiz millimetr qayd etilganini ta’kidlashdi.

Bugun ertalab qor yog‘ishi fonida Moskvaning uchta aeroporti - "Vnukovo", "Domodedovo" va "Sheremetevo"da 30 dan ortiq reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan, deyiladi "Yandeks.Raspisaniye" xizmati ma’lumotlarida.

Bugun tongda Moskva aeroportlarida soat 07:45 (Toshkent vaqti bilan 9:45)da olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «Vnukovo»da beshta, «Domodedovo»da to‘qqizta, «Sheremetevo»da beshta reys kechiktirilgan, 16 tasi bekor qilingan.