Mudofaa vazirligi ilk bor “FD-2000” havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o‘rin egallab, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda va jangovar qobiliyatlarini takomillashtirib bormoqda.

Navoiyda joylashgan «Kulquduq» poligonida Qashqadaryo viloyatidagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarligida “FD-2000” rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.
Ta’kidlash joizki, “FD-2000” rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor sinovdan o‘tkaziladi.