Yaponiya Shimoliy Koreyaning butun dunyoga tahdid solayotgan raketa sinovlarini qoraladi
Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bugun Shimoliy Koreya raketa uchirishni amalga oshirdi. Bunday harakatlar nafaqat Yaponiya, balki mintaqa va butun xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘diradi. Biz buni keskin qoralaymiz”, dedi u.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, raketa uchirilgani taxmin qilinganidan keyingi zarar haqida ma’lumot yo‘q. Matsuno uch yo‘nalishda - vaziyatni batafsil tahlil, odamlarni batafsil va o‘z vaqtida xabardor qilish, kutilmagan holatlar yuzaga kelganda barcha zarur choralarni ko‘rishga harakat qilishni buyurdi.
Avvalroq Yaponiya dengizi tomon noma’lum raketa uchirilgani ma’lum bo‘lgan edi. Qayd etilishicha, bu Shimoliy Koreya raketalarining yil boshidan to‘rtinchi marta uchirilishidir. Avvalgilar 5, 11 va 14 yanvar kunlari uchirilgan. Dastlabki ikki holatda Pxenyan tovushdan tez uchadigan raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. 14 yanvar kuni esa temiryo‘l raketa tizimidan ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirildi.